24 onlayn
UZ RU EN

Germaniya yo‘lim

18.03.2026 10:57 100 marta ko'rildi

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekistondagi Gyote institutining Andijondagi maslaxat markazi hamkorligida “Germaniya yo‘lim” loyihasi doirasida ahamiyatli axborot tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir Germaniyada o‘qish va ishlashni rejalashtirayotgan o‘quvchi yoshlar hamda talabalar uchun mo‘ljallandi. 
Tadbir davomida ishtirokchilarga Germaniya ta’lim tizimi, oliy ta’lim muassasalariga qabul shartlari, grant va stipendiya imkoniyatlari, shuningdek, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Maslaxat markazi mutaxasisi loyixa xodimi Jo‘rayev Azizbek tomonidan Germaniyaga borish jarayonlari, viza rasmiylashtirish tartibi, til bilimining ahamiyati va xalqaro sertifikatlar haqida tushunchalar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv yoshlarning xorijda ta’lim olish va ishlash borasidagi bilim va tasavvurlarini yanada boyitdi. Tadbir doirasida ishtirokchilarga jamg‘armamizdagi nemis tilidagi adabiyotlar, oynoma va yordamchi bukletlarni tavsiya qilish maqsadida rasmli ko‘rgazma ham tashkil qilindi.

Mazkur tadbir yoshlarning xalqaro imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashish, ularni yangi bilim va tajribalar sari rag‘batlantirishga xizmat qildi. Kelgusida ham shunday amaliy va axborotga boy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirildi.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?