17 onlayn
UZ RU EN

“Kitobsevar millat” – ma’rifat sari yetaklovchi nurli yo‘l!

13.04.2026 12:10 51 marta ko'rildi

#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2026
#KITOBSEVAR_MILLAT

Bugun Andijonimizda haqiqiy ma’rifat bayrami! Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining, xususan yoshlar o’rtasida kitob o’qishga bo’lgan qiziqishni oshirish maqsadida har yili o’tkazilishi an’anaga aylanib borayotgan “KITOBSEVAR MILLAT” shiori ostida boshlangan VI-Respublika “Kitobxonlik haftaligi” Andijon viloyati axborot-kutubxona markazida ko‘tarinki ruh, katta shavq va faxr bilan ochildi.
Tantanali tadbirni musiqa sadolari yanada bezadi — IIB huzuridagi orkestr ijrosida yangragan milliy kuylar qalblarga iliqlik, dillarga shodlik bag‘ishladi. Bu navolar kitobga, ma’rifatga bo‘lgan muhabbatni yanada jo‘sh urdirdi.
Ochilish marosimida viloyatimizning taniqli yozuvchi va ijodkorlari, olim va professorlar, adabiyot ixlosmandlari, faol kitobxonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etib, ushbu ma’rifiy bayramga alohida fayz bag‘ishladilar.

Ishtirokchilar bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan “Kitobxonlik haftaligi”nining ochilish marosi ZOOM platformasi orqali onlayn kuzatildi. Yildan yilga o’zgacha tus olayotgan kitobxonlik bayramida barcha birdek, ayniqsa yoshlarimizning kayfiyati balandligiga guvoh bo’ldik.

Haftalik ochilish marosimidan so’ng ishtirokchilar bilan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Orif Meliev tavalludining 70 yilligi shoir bilan ijodiy uchrashuv kecha sifatida davom ettirildi.
Dastlab, uyushma raisi Xurshidabonu Qo’chqorova O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi tomonidan shoir Orif Mellievga yo’llagan tabrikni o’qib eshittirdi va milliy urf-odatlarimizni uyg’unlashtirgan holda uyushma tomonidan milliy zar chopon va do’ppilarni hadya etdi. Tadbirda so’z olgan mehmonlar shoir Orif Meliev ijodiy portretiga chizgilarini o’zlarining dil so’zlari orqali izhor etib o’tdilar. Shoir tomonidan axborot-kutubxona markaziga kitoblaridan hadya etishi kitobsevarlarni davomli qarsaklariga asos bo’ldi.

Bundan tashqari, adabiyotshunos olim, adib Halim Karim tomonidan Sa’dixon Mavlavixon o’g’li muallifligida yangi nashrdan chiqqan “Tanzzul” nomli tarixiy romanning kutubxonaga hadya etilishi barchani birdek quvontirdi.

 
Aziz kitobsevarlar! Kitobxonlik haftaligimiz o’zining kitob va mutolaa targ‘ibotiga bag‘ishlangan yanada qiziqarli, mazmunli va ilhom baxsh etuvchi tadbirlari bilan davom etadi!
Keling, birgalikda kitob bilan yuksalaylik! 
PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?