Jamlash xizmati
Azimova Nodira
Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati rahbari
Telefon: (998 74) 223-79-80
Mobil: (998 97) 370-50-19
e-mail: andijan@natlib.uz
Ish vaqti: 800 dan 1700 gacha
Ish kunlari: Dushanbadan - Jumagacha
Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmatining nizomi (.PDF )
Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati-viloyat axborot-kutubxona markazining tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, AKMda axborot-kutubxona fondlarini jamlash,umumiy va yakka tartibda hisobga olish vazifasini amalga oshiradi, viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi.
Asosiy vazifalari
- AKMning axborot-kutubxona fondlarini xizmatlarning vakillari bilan birgalikda kitob saqlash fondlari va ularning ixtisoslashtirilgan qismlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi.
- Mavzuli rejaga muvofiq jamlashning turli manbalari (nashrlarning bepul majburiy nusxasi, obuna, nashriyotlar, kitob do‘konlari orqali sotib olish, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan sovg‘alar) orqali,fondni milliy axborot-kutubxona resurslari va xorijiy nashrlar bilan komplektlashni va qo‘shimcha jamlashni amalga oshiradi.
- Xizmatning zahira fondiga hujjatlarni qabul qilib oladi, kutubxonaning asosiy va qo‘shimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni zahira fondidan taqdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so‘roviga ko‘ra zahira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi
- “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarni hisobini yuritish to‘g‘risida”gi yo‘riknoma (Adliya vazirligi ro‘yxat raqami № 2567) asosida, axborot-kutubxona fondlariga kelib tushgan va hisobdan chikarilgan axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritadi.
- Milliy kutubxona tamonidan ishlab chiqilgan fondlarni to‘ldirish mezonlari asosida ish yuritadi.
- Xizmat metodik maslahatlar, tavsiyalar, qo‘llanmalar, eslatmalar, axborot varaqalarini tayyorlash va berish orqali viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi.
Xizmatning asosiy funksiyalari
- Boshqa xizmat vakillari bilan birgalikda kitob fondlarini to‘ldirishning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi.
- Xarid qilib olish uchun zarur bo‘lgan (nashriyot rejalari, takliflar ruyxati, davriy nashrlar kataloglari va xokazolar bo‘yicha) adabiyotlarni tayyorlaydi.
- AKMning zaxira fondiga xujjatlarni kabul kilib oladi, AKMning asosiy va kushimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan xujjatlarni zaxira fondidan takdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so‘roviga ko‘ra zaxira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi.
- Axborot kutubxona fondlarini jamlash xizmati viloyat axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy bilimlarini oshirish uchun metodik yordam ko‘rsatadi.
- Mahalliy va xorijiy mamlakatlarning yetakchi axborot-kutubxona muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganadi va o‘z faoliyatida amaliyotga joriy etadi.
- Xizmatning barcha ko‘rinishdagi ish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va yillik reja, hisobotlarini tuzadi.
- O‘rnatilgan namunadagi hujjatlarda qabul qilingan kutubxona ko‘rsatkichlari va hisoblash birliklarida bajarilgan ishlarni qayd etadi.
- Xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro konferensiya, seminarlarda qatnashadi tajribasini umumlashtiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling